Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT haftaligi: Jizzaxda uchta maktabga kompyuter sinflari sovg‘a qilindi

AKT haftaligi: Jizzaxda uchta maktabga kompyuter sinflari sovg‘a qilindi

Foto: «infocom.uz»

Bugun Jizzax shahrida «ICTWEEK UZBEKISTAN 2018» AKT haftaligi va «Bolalar uchun axborot texnologiyalari» aksiyasiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

«Xabar»ning Jizzaxdagi muxbiri xabar berishicha, anjumanni Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari G‘anisher Mamatqulov ochdi. U birinchi marta ICTEXPO 2018 mintaqaviy ko‘rgazma va «Jizzax viloyati: Innovatsiyalar, Investitsiyalar, Axborotlashtirish» forumi o‘tkazilishini ma’lum qilib, tashkilotchilarga alohida minnatdorlik bildirdi.

Foto: «infocom.uz»

Tadbirda shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullayev, uning o‘rinbosari Erkin Xolbo‘tayev AKT hafataligining aynan Jizzaxda o‘tkazilishi ahamiyati haqida so‘z yuritishdi.

Ilhom Abdullayev an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan AKT haftaligi doirasida viloyat maktablari uchun uchta kompyuter sinflari sovg‘a qilinganini aytdi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilganidan so‘ng, «Bolalar uchun axborot texnologiyalari» aksiyasi videokonferensaloqa tarzida namoyish etildi. 

«Bolalar uchun axborot texnologiyalari» aksiyasi doirasida Jizzax shahridagi Zulfiya va Hamid Olimjon nomidagi maktab-internat, Forish tumanidagi 72-o‘rta maktab hamda Sharof Rashidov tumanidagi 17-o‘rta maktabda kompyuter sinflari tashkil etilib, internet tarmog‘iga ulandi.

Foto: «infocom.uz»

Eslatib o‘tamiz, 26-27-sentyabr  kunlari Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxirlari maktab-internati zalida «ICTEXPO 2018» mintaqaviy ko‘rgazma hamda  27*sentyabr kuni viloyat hokimligi binosida «Jizzax viloyati: Innovatsiyalar, Investitsiyalar, Axborotlashtirish» forumi bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring