Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AKT-maktabga kirish imtihonlari o‘tkazildi

AKT-maktabga kirish imtihonlari o‘tkazildi

Foto: «infocom.uz»

Kecha, 23-iyul kuni poytaxtimizdagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2018-2019 o‘quv yili uchun 5-sinfga qabul imtihonlarini o‘tkazdi.

Ixtisoslashtirilgan maktab 2018-2019-o‘quv yili uchun 5-sinfga o‘quvchilardan hujjatlarni 2-iyuldan 20-iyul kuniga qadar qabul qildi. Ushbu vaqt mobaynida maktabga kerakli hujjatlarni 510 nafarga yaqin o‘quvchilar topshirdi va qabul imtihonlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Foto: «infocom.uz»

Ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar 23-iyul kuni «O‘zko‘rgazmasavdo» binosida bo‘lib o‘tgan matematika va ingliz tili fanlaridan imtihonlarda ishtirok etdilar. Imtihon 2 soat davom etdi.

Imtihon Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlida tashkil etildi. Oliy ta’lim muassasasi maktabga imtihon jarayonini ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda ko‘mak berdi.

Jumladan, imtihon jarayoni live.inha.uz sahifasi va maktabning rasmiy «Facebook» sahifasi https://www.facebook.com/AlKhorezmiySchool/  orqali onlayn namoyish etildi.

Shu bilan birga, imtihonlarning shaffofligini ta’minlash uchun bir guruh ota-onalar kuzatuvchi sifatida imtihon zaliga taklif etildilar.

Foto: «infocom.uz»

Kirish imtihonlari yakunlariga ko‘ra, ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga 60 nafar o‘quvchi qabul qilinadi. Imtihon natijalari 2018-yilning 30-iyul kuni e’lon qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentyabrdagi qarori asosida tashkil etilgan. Unda maktab o‘quvchilari davlat umumiy o‘rta ta’lim standartlari asosida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng jalb qilgan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarini chuqur o‘zlashtiradilar. Maktabning nizomiga ko‘ra, ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi.

Manba: inha.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring