Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«AKT vazirligi jasorat ko‘rsatdi» — blogerlar blekaut davridagi muhim faktni e’tirof etishdi

«AKT vazirligi jasorat ko‘rsatdi» — blogerlar blekaut davridagi muhim faktni e’tirof etishdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda yuz bergan blekaut tugadi. Bugun, 27-yanvar kuni soat 16:00 dan respublikamizning barcha hududlarida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi. Blekaut boshlanganidan keyin o‘tgan vaqt deyarli barcha soha va tarmoqlar uchun sinovli bo‘ldi.

Ayrim muhim tarmoqlar, ayniqsa, qiyin pallada aholiga ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazib turilishiga, odamlarning o‘zaro muloqotda bo‘lib, xotirjamlikning saqlanishiga bevosita texnik imkoniyat yaratib turgan aloqa sohasi bu og‘ir sinovdan a’lo darajada o‘tib oldi.

Mobil va statsionar aloqa ham, internet ham, tele va radiouzatishlar ham elektr ta’minotisiz ishlay olmaydi, shu bois  blekaut hodisasi aloqa sohasiga qattiq zarba berishi mumkin edi. Biroq tizim fors-majorlarsiz vaziyatdan chiqib ketishni uddaladi. Bu holatni qator taniqli blogerlar ham alohida e’tirof etib o‘tishdi.

«Muxbir Daliyev» kanali:

Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi jasorat ko‘rsatdi.

Keta-ketma barcha vazirliklarda infratuzilmalar, tizimlar elektr energiyasi sabab vaqtincha to‘xtalish xaqida xabarlar berildi.

Shunday vaqtda (AKT vazirligi) qilt etmay turib berdiya. Biz vajanglatib axborot uzatib turdik.

100 foiz ishga tushguncha shunday tempda turinglar.

«Effekt Makarenko» kanali:

Mobil aloqa va Internetni qo‘llab-quvvatlagan va qo‘llab-quvvatlayotgan aloqachilarga rahmat.

Hammasi muammosiz o‘tdi, chunki odamlarga vaqtida xabar berildi va vahimaning oldi olindi. Internetning o‘chib qolmagani sharofati bilan.

Aloqa sohasi vazifasini 5+ga bajardi.

Alimoff kanali:

Tashakkur. Kechagi ishlar boshda bor ekan, ko‘z ko‘rdi.

Bir qator pozitiv ham bor. Masalan, aloqa ham 2-3 soatda o‘chadi deyilgan bo‘lsa-da shaxsan menda umuman uzilmadi. Toshkentdagi oilam bilan ham, Andijondagi jigarlarim bilan ham aloqani ushlab turdim, o‘zim o‘rtada qolib ketgan bo‘lsam-da.

Aeroportda kutish soatlari internetsiz juda zerikarli mashg‘ulotga aylangan bo‘lardi, ammo internetim ham umuman uzilmadi. Aloqachilarga katta rahmat.

TROLL.UZ blogi:

Va albatta barcha aloqa xodimlariga alohida tashakkur! Sizlar tufayli yaqinlarimiz bilan aloqa uzilmadi.

Kurbanoff.net kanali:

Kechagi kundan keyin.

Bugun kofe menga ayniqsa mazali bo‘lib tuyuldi, uydagi iliqlik — g‘ayrioddiy yoqimli, jo‘mrakdagi suv esa shunchaki ajoyib. Men internet va telefon aloqalari haqida gapirmayapman — ular tasavvurga sig‘maydigan go‘zal olamning ajoyib vakillari. Umuman olganda, oddiy ko‘rinadigan ko‘p narsalar, aslida, mo‘’jizalidir. Men bundan yuz-yuz ming yil avval, hatto undan ham oldinroq yashagan ajdodlarimning hayoti haqida o‘yladim. Shuningdek, biz o‘rganib qolgan sharoitlardan (muntazam) foydalana olmasdan yashaydigan zamondoshlar haqida ham.

Patrul xizmatining kechagi faoliyati esa olqishlarga loyiq! (Alisher Fayzullayevning FB sahifasidan olindi).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring