Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» 30 yilda topganini bir oyda yo‘qotdi

«Apple» 30 yilda topganini bir oyda yo‘qotdi

Foto: finance.tut.by

«Apple» kompaniyasining bozor qiymati 951 mlrd. dollarni tashkil etmoqda. «Business Insider» tahlilchilarining kuzatishicha, besh haftada kompaniya qiymatidan 190 milliard yo‘qotdi — «Apple» 2010-yilda shunchaga baholangan.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, besh haftada yo‘qotilgan mablag‘ni ishlab topguncha «Apple» o‘zi tashkil etilgan paytdan boshlab 30 yil sarflagan. 2010-yilga kelib kompaniya brendi 190 milliard dollarga baholandi.

Kecha, 12-dekabr kungi savdolar yakunida «Apple» aksiyalari 5 foizga arzonlashdi. Hozir bir dona aksiyasi — 194 dollar. Moliyachilar kompaniya qimmatbaho qog‘ozlarining arzonlashib ketishini «ayfon»larga talab kamligi bilan izohlashdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning avgust oyida «Apple» 1 trillion dollardan yuqori baholangan ilk Amerika kompaniyasiga aylangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring