Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Apple» asoschilaridan biri: Elon Mask va «Tesla»ga endi ishonmayman

«Apple» asoschilaridan biri: Elon Mask va «Tesla»ga endi ishonmayman

Voznyak Elon Maskning so‘zlariga va «Tesla»ga ishonmay qo‘ygan.

Foto: «NV.ua»

«Apple» asoschilaridan biri Stiv Voznyak Stokgolmdagi biznes-forumda «Tesla» rahbari Elon Maskning so‘zlariga boshqa ishonmasligini ma’lum qildi, deb xabar berdi «Nv.ua».

«Men endi Elon Maskning so‘zlariga va «Tesla»ga ishonmayman, biroq hamon ushbu avtomobillarni yaxshi ko‘raman», — deydi Voznyak. Uning fikricha, dunyodagi boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar mustaqil boshqariladigan avtomobil sohasida «Tesla»ni ancha ortda qoldirmoqda.

Shuningdek, Voznyakning ma’lum qilishicha, «Tesla» xatolardan qochish uchun «siyqasi chiqqan» taktikadan foydalangan: «Kompaniya mashinalarning faqatgina beta-versiyasini taqdim etayotgani sabab mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olmaydi. Haydovchining o‘zi avtomobilni nazorat qilishi kerak».

Voznyakning «Tesla»ga bo‘lgan ishonchini Maskning so‘nggi bayonotlari butkul yo‘qqa chiqardi. Mask 2016-yilning oxirida kompaniyaning barcha avtomobillari mustaqil boshqariladi, degan edi. Biroq oradan biroz vaqt o‘tgach, Mask ushbu sanani 2017-yilning oxiriga ko‘chirdi. 2017-yilning avgustida esa muddat 2018-yilning boshiga ko‘chdi. Dekabrda esa u belgilangan vaqt yana biroz cho‘zilishi mumkinligini aytdi.

Stiv Voznyakning so‘zlariga ko‘ra, u «Chevy Bolt»ni ma’qul ko‘radi, biroq uzoq yo‘llarga «Tesla»dan foydalanadi, chunki uning akkumulyator quvvati ko‘proqqa yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring