Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Azim Axmedxadjayev Afg‘oniston AKT vazirini qabul qildi

Azim Axmedxadjayev Afg‘oniston AKT vazirini qabul qildi

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Afg‘oniston kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vaziri Shahzod Gul Aryobini qabul qildi. Shuningdek, uchrashuvda «Afg‘on Telekom» kompaniyasi rahbari Ajmal Ayan ham ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Foto: «Mitc.uz»

Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, jumladan yuqori tezlikdagi tranzit aloqa kanallarini tashkil qilish, ikki davlat tarmoq operatorlari o‘rtasidagi xalqaro telefon trafik sig‘imini kattalashtirish, xalqaro internet tarmog‘iga yuqori tezlikda ulanishni tashkil qilish, AKT sohasida kadrlar tayyorlash kabi yangi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish masalalari uchrashuvning diqqat-markazida bo‘ldi.

Qayd etilganidek, ushbu loyihalar nafaqat aloqa sohasi o‘rtasidagi, balki boshqa yo‘nalishlarda ham mintaqaviy hamkorlikning ham kengayishiga xizmat qiladi. Mazkur uchrashuv yakuni yuzasidan tomonlar istiqboldagi hamkorlik bo‘yicha zarur me’yoriy hujjatlarni imzolashga kelishib oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring