Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Azim Axmedxadjayev AKT vaziri lavozimidan ozod etildi

Azim Axmedxadjayev AKT vaziri lavozimidan ozod etildi

Foto: «Mitc.uz»

Azim Axmedxadjayev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar berdi.

«Raqamli iqtisodiyot O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Uni amalga oshirish sohasidagi vakolatli organ sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyot va blokcheynni rivojlantirish bo‘yicha yangi blok tashkil qilmoqda. Davlatimiz rahbari farmoni bilan ushbu blokni Azim Axmedxadjayev boshqaradi», deyiladi vazirlik axborotida.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri etib, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori vazifasida ishlab kelgan Shuhrat Sodiqov tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring