Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fotofakt: a’zolikdan chetlatilgan Pluton va 40 sayyora

Fotofakt: a’zolikdan chetlatilgan Pluton va 40 sayyora

Foto: Carnegie Institution for Science

Yuqoridagi suratda 2018-yilning oktyabr oyida ochilgan 2015 TG387 sayyorasi (unga Goblin deb nom berishdi) tasvirlangan.

Goblin Quyosh tizimining tashqi qismida joylashgan. Diametri — atigi 300 kilometr. Juda cho‘ziluvchan orbitaga ega, Quyosh bilan oralig‘i 65 dan 2300 astronomik birlikkacha o‘zgarib turadi (1 astronomik birlik — Quyosh va Yer o‘rtasidagi masofa).

Navbatdagi topilgan ushbu mitti sayyora nima uchun bir paytlar sayyora hisoblangan Plutonning to‘laqonli sayyora emasligiga yana bir dalildir. Chunki Quyosh tizimi sirtida Plutonga o‘xshagan yana qirqtacha jajji sayyora borligi taxmin qilinyapti va ular birma-bir astronomlar tomonidan kashf qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring