Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Barselona ko‘rgazmasining «eng yaxshi smartfoni» aniqlandi

Barselona ko‘rgazmasining «eng yaxshi smartfoni» aniqlandi

Foto: «Pocket-lint»

Barselonada o‘tgan an’anaviy «Mobile World Congress» («MWC») ko‘rgazmasi yakunida eng yaxshi qurilmalar nomi e’lon qilindi.

«Huawei Mate 20 Pro» 2018-yilning eng yaxshi smartfoni deb topildi.

Eng yaxshi qurilma nomini aniqlashda nufuzli mutaxassislar: telekomchilar, jurnalistlar, aloqa operatorlari vakillari va boshqa ekspertlar qatnashdi.

«Mobile World Congress»da 2019-yil qurilmalari ham bo‘lishiga qaramay, ular tanlovda qatnashmadi. Jyuri a’zolari «Huawei Mate 20 Pro»da qiziqarli va noodatiy texnologik yechimlar qo‘llangani uchun uni eng yaxshi deb topishdi.

O‘tgan yilgi «MWC»da «iPhone X» g‘olib chiqqandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring