Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bir kilo temir og‘irmi yo ...?

Bir kilo temir og‘irmi yo ...?

Foto: «123RF»

Keyingi haftada Xalqaro o‘lchovlar va og‘irliklar byurosi (BIMP) og‘irlikning xalqaro standartini pasaytirishi mumkin — agar bu ish haqiqatan ham amalga oshsa, bir kilogrammning og‘irligi kamayib qoladi... Gap shundaki, og‘irlikning ideal o‘lchami — hozir amalda bo‘lgan platina-iridiydan iborat etalon turli fizik jarayonlar sabab yengillashib bormoqda. Bu haqda «Xaytek» yozmoqda.

Og‘irlikning birinchi standart o‘lchamini Yevropada fransuz qiroli Lyudovik XVI savdogarlar va xaridorlarni tovlamachilardan himoyalash maqsadida joriy ettirgan. Bu 0 °C haroratdagi bir litr suv edi. Fransiya 1795-yili boshqa og‘irlik standartini — 4 °C haroratdagi bir litr suvni qabul qildi.

Oradan yarim asr o‘tgach bu o‘lcham ham talabga javob bermay qoldi va og‘irligi 1 kilogrammlik metall (platina hamda iridiy) ideal yechimga aylandi.

Foto: AQSh da saqlanayotgan kilogramm etaloni.

 


Kilogrammning xalqaro prototipi (etaloni) Parij yaqinidagi Sevr shaharchasida joylashgan Xalqaro o‘lchovlar va og‘irliklar byurosi (BIMP) da saqlanadi. Bu balandligi va diametri 39,17 millimetrli silindr bo‘lib, platina-iridiy qotishmasidan (platina — 90 foiz, iridiy — 10 foiz) yasalgan.


O‘lchovda qulayliklar bo‘lishi uchun mamlakatlar BIMP dan og‘irlik etalonlari nusxalarini olib turishadi. Ammo bu nusxalar va qolaversa originali ham, juda kam miqdorda bo‘lsa-da, kichrayib boryapti (buni laboratoriya sharoitida aniqlash mumkin), bu havo orqali metallarga har xil molekulalar tushishi oqibatidir.

Shu sababdan ham keyingi hafta BIMP yig‘ilish o‘tkazadi, unda og‘irlik o‘lchovi sifatida metalldan bosqichma-bosqich voz kechish va og‘irlik uchun mezon sifatida Plank konstantasi fizik qonunini olish taklifi muhokamaga qo‘yiladi.

Kilogramm etalonining kompyuter tasviri.

Ayni paytda BIPM joriy etgan og‘irlik etalonidan 100 dan ziyod mamlakatlar, jumladan, AQSh, Yevropa ittifoqi, MDH mamlakatlari ham foydalanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring