Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun dasturchilar va internet-nashrlari muharrirlarining kasb bayrami

Bugun dasturchilar va internet-nashrlari muharrirlarining kasb bayrami

Foto: «BAOMOI»

Bugun, 17-may kuni jahon miqyosida «Butunjahon telekommunikatsiya va axborotlashgan jamiyat kuni» (World Telecommunication and Information Society Day) nishonlanmoqda.

2006-yilning 27-martida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan ko‘rsatma asosida 17-may «Butunjahon telekommunikatsiya va axborotlashgan jamiyat kuni» sifatida nishonlab kelinadi. Bu kun — dasturchilar, tizim administratorlari, internet-provayderlar, veb-dizaynerlar, internet-nashrlari va ularning muharrirlari uchun kasbiy bayram hisoblanadi.

Bu kunni har yili turli mavzularda nishonlash an’ana tusiga kirgan. Misol uchun, «Xalqaro kibernetika xavfsiziligini ta’minlashda hamkorlik qilish», «Imkoniyati cheklanganlar bilan aloqani ta’minlash», «AKTda xotin-qizlar» va boshqalar. Bu yil mazkur sanani «Sun’iy intellektdan barcha uchun ijobiy natija uchun foydalanish» shiorida nishonlash tavsiya qilingan.

So‘nggi yillarda «sun’iy aql»ga ulkan imkoniyat va taraqqiyot istiqboli sifatida qaralmoqda. Aytish joizki, ayni paytda «sun’iy idrok» yaratish borasida Google, Amazon, Nuance, Microsoft, Facebook, Apple, IBM kabi kompaniyalar yetakchi. Sun’iy idrok yaratish yo‘lidagi tadqiqotlarini kengaytirish, yirik ma’lumotlarni qayta ishlash, mashina o‘rgatish texnologiyasi, ma’lumotlarni saqlash va bulutli texnologiyalarda foydalanish hamda ta’lim, iqtisod, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida undan foydalanish muhim vazifalar sirasiga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring