Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun, soat 20:00 da, o‘tkazib yubormang! «Samsung» taqdimotlari boshlanadi: Galaxy S21 va boshqalar...

Bugun, soat 20:00 da, o‘tkazib yubormang! «Samsung» taqdimotlari boshlanadi: Galaxy S21 va boshqalar...

Foto: «Samsung.com»

Bugun, 14-yanvar, Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da «Samsung» kompaniyasi Galaxy Unpacked tadbirlarini boshlaydi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar berildi

Onlayn translyasiyani ham kompaniya saytida kuzatishingiz mumkin. 

Bugungi taqdimotda Galaxy S21 flagmanlari hamda Galaxy Buds Pro simsiz quloqchinlari katta sahnaga chiqishi kutilyapti. Ammo, internet — darvozasiz shahar misoli, deyarli barcha ma’lumotlar shu paytgacha ma’lum bo‘lib ulgurgan.

Xususan, yangi smartfonlarning asosiy kamerasi bloki yangi dizaynda va uzoq yillardan beri birinchi marta, Qualcomm Snapdragon ga munosib raqib sifatida ko‘rilayotgan Exynos 2100 protsessori o‘rnatilgan holda chiqishi kutilyapti.

Foto: «Samsung.com»

Galaxy S21 smartfonining asosiy talqini 6,2-dyuymli AMOLED-matritsali (Full HD+ va 120 Gs chastotali) ekran bilan ta’minlanishi, Galaxy S21+ ekrani diagonali esa 6,7 dyuymgacha kengayishi hozirdan ma’lum. Eng ilg‘or Galaxy S21 Ultra smartfoniga esa 6,8-dyuymli displey o‘rnatiladi (QHD+ va 120 Gs chastotali).

Galaxy S21 va S21+ bir xil to‘plamdagi kameralarga ega bo‘ladi: asosiysi — 64 Mp, ikkinchi kamerasi — 12 Mp. Galaxy S21 Ultra esa 108/40 Mp kameralari bilan bizni hayratga solmoqchi. Albatta, yuqoridagi kameralar qo‘shimcha datchiklar va texnologiyalar hisobiga kuchaytirilgan va boyitilgan, batafsil ma’lumotni esa taqdimotdan so‘ng olamiz.

Xuddi oldingi yillardagi kabi, internetda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh va Janubiy Koreya uchun ishlab chiqariladigan smartfonlarga Qualcomm (Snapdragon 888) protsessorlari o‘rnatiladi. Global talqiniga esa Exynos 2100 o‘rnatilishi kutilyapti — bu ham taqdimotdan so‘ng oydinlashadi.

Foto: «Samsung.com»

Bugungi taqdimotdan simsiz quloqchinlar — Galaxy Buds Pro ham o‘rin olgan, aytishlaricha, narxi $200 atrofida.

Qolaversa, Samsung kompaniyasi yo‘qolgan narsalarni topib beruvchi Galaxy SmartTag trekerlarini ham bugun tanishtirishi mumkin. Demak, ikki soatdan so‘ng, onlayn taqdimotda hammasini bilib olamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring