Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Toshkentda «ICTEXPO 2018» ko‘rgazmasi ochildi (foto)

Bugun Toshkentda «ICTEXPO 2018» ko‘rgazmasi ochildi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 26 sentyabr kuni Toshkentda «ICTEXPO 2018» ko‘rgazmasi ish boshladi. AKT haftaligining ushbu yirik tadbiri «O‘zekspomarkaz» MKK 1-pavilonida bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirning dastlabki ikki kuni (26-27 sentyabr) B2B formatida, uchinchi kuni (28 sentyabr) B2C formatida tashkil etiladi.

«ICTEXPO 2018» o‘tkazilishidan maqsad axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi yutuqlarni keng namoyish qilish, ekspertlar hamjamiyati professional maydonchasini shakllantirish, milliy bozor sub’yektlari raqobatbardoshligini oshirishdir.

Mazkur ko‘rgazma axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi biznes vakillari va bevosita iste’molchilarning o‘zaro muloqotiga, talab va taklifning shakllanishiga, hamkorlikdagi tashabbuslarni ilgari surishga imkoniyat yaratadi.

«ICTEXPO 2018»da 50 dan ziyod kompaniyalar o‘z stendlarini tashkil etdi. Ular orasida nafaqat mahalliy va qo‘shma korxonalar, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston, Yaponiya, Germaniya kabi mamlakatlar kompaniyalari ham bor.

«ICTEXPO 2018» quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:

Telekommunikatsiyalar va servis xizmatlari: «O‘zbektelekom», «East Telecom», «Rosoperator» , «Ipmatika-Tashkent», «INSIGHT SOLUTIONS», «Bastion System», «Winncom Technologies», «UZDIGITAL TV», «ElteksAlatau». 

Tizim integratorlari va onlayn do‘konlar: «TRIADA KOM», «NEC Corporation», «Epson», «Teleset Alfa», «Nihol-Komtex», «ALOQALOYIHA», «Book2net», «Green White Solutions», «Avtech», «FORT PRO BIZNES», «Lider Team» va boshqalar.

Mobil aloqa kompaniyalari: «UZMOBILE», «Ucell, «UMS».

Dasturiy-apparat komplekslari: «Standart IT-Sektor», «VRonica», «NORMA», «Space Online Genesis»  («Faktura.uz»),  «Matbuot tarqatuvchi» va boshqalar.

Soha ta’lim muassasalari: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkentdagi Inha universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maxsus maktab.

Davlat korxonalari: «UNICON.UZ» DUK, Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi, Davlat soliq qo‘mitasi, «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi, Geoinnovatsion markaz DUK, «Aloqabank» AK va boshqalar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring