Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

CTF.uz tanlovi. Yosh dasturchilar 30 millionlik sovrin jamg‘armasi uchun kurashmoqda (foto)

CTF.uz tanlovi. Yosh dasturchilar 30 millionlik sovrin jamg‘armasi uchun kurashmoqda (foto)

Foto: «Xabar.uz»

2016-yildan boshlab CTF.uz (Capture The Flag)  — kompyuterda axborot xavfsizligi ochiq turdagi tanlovi o‘tkazilib kelinadi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining «Axborot xavfsizligi» yo‘nalishi bo‘yicha kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, bitiruvchilarni davlat va xo‘jalik boshqaruv organlariga tizimli taqsimlash mexanizmini joriy etish, xorijiy mutaxassislar hamda yuqori malakali soha xodimlarini o‘quv jarayoniga jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 3-bandiga asosan tashkil etilgan.

Joriy yilda CTF.uz — «Kompyuterda axborot xavfsizligi ochiq turdagi tanlovi»ning birinchi bosqichida respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida saralash turlari tashkil etilib, mahorat darslari o‘tkazildi.

«Kompyuterda axborot xavfsizligi ochiq turdagi tanlovi» yakuniy bosqichi esa Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘tkazilmoqda. Tanlovning trening darslari universitetning sport zalida olib borildi. Tanlovning yakuniy bosqichiga respublikamizdan jami 250 nafar ishtirokchi yetib kelishdi.

Yosh dasturchilar tanlovda axborot xavfsizligi bo‘yicha berilgan shifrlash, kiriptografik topshiriqlarni yechishlari kerak. Topshiriqlar axborot xavfsizligi mutaxassislari tomonidan tuzilgan bo‘lib, yosh dasturchilar istalgan dasturlash tillari yordamida unga yechim topishlari mumkin bo‘ladi.

Homiylar tomonidan birinchi o‘rin sohibiga 15 mln., ikkinchi o‘rin uchun 10 mln., uchinchi o‘rin uchun esa 5 mln. so‘m mukofot pullari ajratilgan.

Bugun, 7-yanvar kuni bahslar yakuniga yetadi. Taqdirlash marosimi 9-yanvarda o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring