Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sukerberg ikki soatda 17 milliard dollar yo‘qotdi

Sukerberg ikki soatda 17 milliard dollar yo‘qotdi

Foto: «Aljazeera.com»

«Facebook» kompaniyasining aksiyalari qiymati tahlilchilar salbiy prognoz bergan chorak hisoboti e’lon qilinganidan keyin keskin tushib ketdi: Sukerbergning yo‘qotishi qariyb 17 mlrd. dollar. «Bloomberg» agentligi xabar berishicha, kompaniya aksiyalar qiymatsizlanishidan 130 mlrd. dollar yo‘qotdi.

Agentlik xabarida yozilishicha, bu ijtimoiy tarmoq tarixidagi aksiyalar qiymatining eng keskin pasayishi bo‘lib, Sukerbergning dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida ham quyiga sho‘ng‘ishiga olib kelishi mumkin.

Hisobotda «Facebook» chorak davomida 13 mlrd. dollar foyda olgani yozilgan. Ijtimoiy tarmoqqa har kuni kutilganidek 1,49 mlrd. nafar emas, balki 200 million kishi kam kirgan. Aksiyalar qiymatining 24 foizga arzonlashishiga kompaniya foyda ko‘rsatkichlarining yetarlicha o‘smayotgani ham sabab bo‘lgan.

Mark Sukerberg iyul oyi boshida «Bloomberg» talqini bo‘yicha eng boy odamlar ro‘yxatida uchinchi o‘ringa ko‘tarilgandi. Uning mol-davlati o‘shanda 81,6 mlrd. dollarga baholangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring