Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dunyodagi yetakchi IT-kompaniyalar xodimlarining maoshi qancha ekanligini bilasizmi?

Dunyodagi yetakchi IT-kompaniyalar xodimlarining maoshi qancha ekanligini bilasizmi?

Foto: «Nv.ua»

«Google» kompaniyasiga egalik qiluvchi «Alphabet» korporatsiyasi o‘z xodimlarining yillik o‘rtacha maoshi qancha ekanini ma’lum qildi. Ta’kidlanishicha, «Google»dagi ishchilarning o‘rtacha ish haqi yiliga 197 ming dollarni tashkil etar ekan, deb xabar berdi «NV.ua».

Shunday qilib «Alphabet» S&P 500 indeksiga ko‘ra eng ko‘p oylik to‘laydigan kompaniyalar ro‘yxatidan to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Birinchi pog‘onani «Incyte Corp» band etgan bo‘lib, mazkur kompaniya xodimlariga yiliga 253 ming dollar maosh oladi. «Facebook» esa 240 ming dollar ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni, «Vertex Pharmaceuticals» farmatsevtika kompaniyasi 211 ming dollar bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Shu bilan birga «Alphabet» ijrochi direktori Larri Peyj 2017 yilda ramziy 1 dollar ishlab topdi. «Facebook» asoschisi Mark Sukerbergning ham maoshi xuddi shunchani tashkil etgan. Umuman olganda, u bir dollardan tashqari xavfsizlik va safarlar xarajatiga 8,8 million dollar olgan.

Ta’kidlanishicha, reytingdan o‘rin olgan kompaniyalarning yarmidan ko‘pi o‘z xodimlariga 85 ming dollar maosh to‘lar ekan.

«Amazon» xodimining o‘rtacha maoshi yiliga 28,4 ming dollarga teng ekanligi ham ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring