Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar to‘xtatib qo‘yildi

Elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha loyihalar to‘xtatib qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, «Elektron hukumat» tizimini boshqarish bo‘yicha funksiyalar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga o‘tkazilganligi vaqtinchalik choraga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Norma».

Hujjatda vakolatlarni idoralar o‘rtasida qayta taqsimlashning sababi aniq belgilandi — Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ, Elektron hukumat esa uning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.

Shu bois Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga «Elektron hukumat» tizimi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarning amalga oshirilishi va moliyalashtirilishini to‘xtatib qo‘yish va bir oy muddatda ularni to‘liq xatlovdan o‘tkazish topshirildi. LBMA, o‘z navbatida, 2019-yil 1-aprelga qadar amalga oshirilayotgan loyihalarni tanqidiy ko‘rib chiqadi hamda maqsadga muvofiq, dolzarb, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsad va vazifalariga mos keladigan loyihalarning davom ettirilishini ta’minlaydi. 2019-yil 1-mayga qadar «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi Prezident Administratsiyasiga kiritiladi.

Bu – muhim! Elektron hukumat ishini to‘xtatib qo‘yish haqida gap borayotgani yo‘q. Elektron davlat xizmatlarini odatdagi tartibda ko‘rsatish davom ettiriladi.

Bunda kelasi yilda barcha davlat xizmatlarini faqat «Universal Mobile Systems» MChJ ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari orqali taqdim etish boshlanadi. Agentlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yilning 1-mayiga qadar ma’lumotlarni qayta ishlash markazlariga bo‘lgan ehtiyoj va ularning joylashuvi to‘g‘risida Prezident Administratsiyasiga takliflar kiritadi. Mohiyatiga ko‘ra, operator Elektron hukumat uchun hisoblash quvvati va aloqa kanalini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, elektron Hukumatni rivojlantirish uchun alohida bojxona ombori tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring