Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Facebook» o‘smirlar uchun maxsus portal ishga tushiradi

«Facebook» o‘smirlar uchun maxsus portal ishga tushiradi

Foto: «Nv.ua»

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘i servisdan xavfsiz foydalanish borasida o‘smirlarga maslahat beradigan yangi yoshlarbop portalni ishga tushirmoqda, deb xabar berdi «NV.ua».

«Facebook»dagilarning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoq algoritmlari joriy oy boshidan buyon yangiliklar lentasida o‘smirlarga turli maslahatlarni ko‘rsatib kelmoqda.

Portal bo‘limlari, masalan, kimnidir qanday qilib bloklash borasida ma’lumot beradi. Ayrim ma’lumotlar foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqdan foydalanishni boshlashga yordam beradigan jurnalistik formatdagi maqolalariga asosan tuzilgan. Shu bilan birga ta’kidlanishicha, yangi portal — bu shunchaki axborotlar sahifasi.

Masalan, maslahatlardan birida shunday yozilgan: Biror nimani ommaga e’lon qilishdan oldin avvalo o‘zingizga «Buni ota-onam yoki bobo-buvim ovoz chiqarib o‘qisa, men noqulay ahvolga tushib qolmaymanmi?», deya savol bering. Sizning maktabingizda, albatta, ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchi bola topiladi. Eng muhim xabarlarni faqat yaqinlaringiz bilan ulashing.

Amerikalik tadqiqotchilar fikricha, «Facebook» o‘smirlar va yoshlar orasida ommaviyligini yo‘qotmoqda. 2018-yili AQShda «Facebook»dan foydalanuvchi 18 dan 24 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar soni 5,8 foizga kamaygan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring