Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Firibgarlar «Telegram»da yuzaga kelgan uzilish ortidan 59 ming dollarni qo‘lga kiritdi

Firibgarlar «Telegram»da yuzaga kelgan uzilish ortidan 59 ming dollarni qo‘lga kiritdi

Foto: «Oxu.az»

«Twitter» ijtimoiy tarmog‘ida «Telegram» asoschisi Pavel Durovning soxta akkauntlari paydo bo‘ldi va ular kecha yuzaga kelgan uzilishdan «kechirim» so‘ragan holda kriptovalyuta aksiyalarini o‘tkazmoqda. Hozircha firibgarlar 59 ming dollar ishlashga muvaffaq bo‘lgan deb xabar berdi «VC.ru».

Aksiya borasidagi xabarlar «Telegram» asoschisining «Twitter»dagi profiliga o‘xshash soxta akkauntlardan tarqatilmoqda.

Firibgarlar taqdim etgan havola 26-mart kuni ro‘yxatdan o‘tkazilgan domen saytiga «olib boradi». Foydalanuvchilarga ko‘rsatilgan manzildagi shifrlangan QR-kodga 0,5 dan 5 gacha efir jo‘natish taklif etiladi. Bu orqali 5 dan 100 gacha efir yutib olish va’da qilinadi.

Saytda umumiy miqdorda beshta «hamyon» ko‘rsatilgan bo‘lib, u yerda 59 ming dollar (taxminan 148 ta efir) saqlanmoqda.

«Twitter» hozircha firibgarlarning soxta akkauntini bloklamagan.

Eslatib o‘tamiz, 29-mart kuni «Telegram» messenjeri Yevropa, Yaqin Sharq va MDH mamlakatlari, jumladan, O‘zbekistonda ham ishlamay qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring