Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Frontend texnologiyalari: Dasturlash olamiga ilk qadam

Frontend texnologiyalari: Dasturlash olamiga ilk qadam

Foto: «ShkolaJizni.ru»

Internet axborot saytlarida «O‘zbekistonda Axborot texnologiyalari sohasida oylik ish haqi 7 million so‘mdan 11 million so‘mgacha bo‘lgan ish taklif qilinmoqda» degan e’lon tarqaldi. Ushbu e’lon aholimizning ish izlayotgan va izlamayotganlarda ancha katta qiziqish va munozaralarga sabab bo‘ldi. Albatta, nisbatan katta maosh to‘lanadigan bunday ishga davlat idoralari tomonidan rasmiy ravishda e’lon berilishi ish izlayotgan, ko‘proq daromad qilishni xohlayotgan fuqarolarning e’tiborini tortdi. Ushbu o‘ziga xos shov-shuvli e’lon ko‘pchilikda «programmist», «dasturchi», «developer» degan kasblar haqida izlanish va tushunchalar shakllanishiga sabab bo‘ldi. Nima uchun ularga bunday yuqori maosh to‘lanishi, bu sohani biladigan mutaxassislarga talab yuqoriligi haqida umumiy ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Axborot texnologiyalari sohasidan uzoqroq bo‘lgan insonlarda «bu kasbni egallash qiyin, «mening mutaxassisligim umuman boshqaku, «yoshim o‘tib qoldi, endi kech» kabi fikrlar tug‘ilsishi tabiiy. Lekin, dasturchilik haqida internetdan maqolalarni qidirib o‘qilsa fikrlar ijobiy tomonga o‘zgaradi va dasturchilikni o‘rganishga ishtiyoq paydo bo‘ladi. To‘g‘ri, balki kelajakda kuchli dasturchi, professional developer bo‘lmasligi mumkindir, lekin, Frontend texnologiyalarini boshlang‘ich darajada yaxshi o‘rganishining o‘ziyoq ilmiy-ijodiy va biznes g‘oyalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Axborot olamining cho‘qqilari bo‘lgan Microsoft, Apple, Google, Facebook, Amazon, Alibaba kabi kompaniyalarning dunyoga kelishi ham oddiy qiziqish va ishtiyoqning samarasidir.

Frontend - Bu o‘zi nima va yuqoridagi gaplarga buning nima bog‘liqligi bor?» dersiz, bu savolingizga ushbu maqolada javob topasiz degan umiddamiz.

Frontend - «tashqi interfeys degan ma’noni bildirib, veb texnologiyalarning biridir. Bu texnologiya yordamida veb sahifalarning insonga ko‘rinib turuvchi, ma’lumot beruvchi vizual qismi yaratiladi. Frontend texnologiyalarini o‘rgangan inson o‘z ijodkorligi, kretiv yondoshuvi orqali turli g‘oyalarini veb sahifalar, dasturlar shaklida ro‘yobga chiqarishi mumkin bo‘ladi.

Bugungi kunda shaxsiy veb sahifaga ega bo‘lish o‘ziga xos elektron vizitka, passport vazifasini bajaribgina qolmay, balki sayt orqali ko‘plab foydali ishlarni amalga oshirish mumkin bo‘lib qoldi. Masalan, jurnalist, shoir, yozuvchi o‘z ijodi va izlanishlarinini veb sahifasi orqali yoritib borishi mumkin. Tadbirkor o‘z sahifasida mahsulot va xizmatlarini keng targ‘ib qilishi va daromadini oshirishi mumkin.

Umumiy qilib aytadigan bo‘lsak Frontend texnologiyalarini o‘rganish - internet xazinasining kalitini qo‘lga kiritish demakdir, bu xazinadan xohlagan narsangizni olishingiz, foydalnishingiz, boshqarishingiz mumkin.

Agar sizda «Frontend dasturlashni, texnologiyalarini qayerda, kimdan o‘rganaman?» degan savol tug‘ilgan bo‘lsa, turli o‘quv kurslari bugungi kunda o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda. Shular qatorida PDP akademiyasi o‘quv kurslari ham samarali faoliyat olib bormoqda.

PDP akademiyasida Frontend texnologiyalari o‘quv kurslarining o‘ziga xos tomonlari shundaki:

- Darslar oson va tushunarli metodikada amaliy mashg‘ulot asosida olib boriladi;

- Sizga o‘z sohasida amaliy tajribaga ega bo‘lgan, bilimli ustozlar dars beradi;

- O‘zbek tilida faoliyat yuritadigan dasturchilarni ko‘paytirish va dasturlashni o‘zbek tilida o‘rgatish maqsadida darslar o‘zbek tilida olib boriladi;

- Haftada 3 kun, 2 soat 30 daqiqadan qulay vaqtlarda tashkil qilinadi;

- Talabalar uchun amaliy topshiriqlar berib boriladi, o‘qish davomida turli proyektlarni amalga oshirishni boshlashingiz mumkin.

Qanday texnologiyalar o‘rganiladi? Nimadan boshlash kerak?

Frontend dasturlash sohasi bir necha til va texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. Uning asoslari HTML, CSS va JavaScriptdir. Vaqt davomida saytlarning ko‘rinishi va ishlashiga bo‘lgan sifat talabi o‘sishi tufayli shu texnologiyalar asosida bir qancha freymvork va kutubxonalar tuzib chiqilgan. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri sayt tuzishga ketadigan vaqtni qisqartirishdir. CSS asosida Less, Less oldindan ishlov beruvchi (preprotsessor), foydalanuvchi interfeysini tuzishda yordam beruvchi Bootstrap, Materialize, Foundation, Bulma va Tailwind freymvorklari tuzilgan bo‘lsa, JavaScript asosida hozirgi kunda trendda bo‘lgan Angular, Vue freymvorklari, jQuery va React kutubxonalari tuzib chiqilgan. Malakali frontend dasturchilarga dunyoning ko‘plab davlatlarida talab bor. Ularning bilimi va tajribasiga qarab turlicha ish haqi to‘lanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda malakali frontend dasturchilar oyiga o‘rtacha 300$ dan 1000$ gacha o‘rtacha daromad topishlari mumkin. Quyida frontend dasturlash sohasiga kiruvchi til va texnologiyalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.

HTML va CSS

HTML va CSS veb sahifalar asosini tashkil qiladi. HTML saytda aynan nimalar joylashishi kerakligiga mas’ul bo‘lsa (matn, rasm, video), CSSda ularning qaysi tartibda joylashuvi va qanday ko‘rinishda bo‘lishi yozib chiqiladi. Sayt foydalanuvchilarga ko‘rinadigan elementlar HTML va CSSda tuzilgani uchun bu ikkisisiz sayt tuzib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham frontend sohasini o‘rganish aynan shu texnologiyalardan boshlanadi. Bularda bor imkoniyatlarga qo‘shimchalar va yangiliklar qo‘shilib, HTML5 va CSS3 standardlari ishlab chiqilgan.

JavaScript va jQuery

JavaScript ham yuqorida aytib o‘tilgan texnologiyalar kabi frontend dasturlashning ajralmas qismidir. JavaScript brauzerlarda ishlovchi dasturlash tili bo‘lib, u yordamida veb sahifaga interfaollik imkoniyatini berish mumkin bo‘ladi. Misol uchun biron tugma bosilganda yoki foydalanuvchi saytning biror qismiga kelganda yangi oyna ochilishi yoki biron xabar ko‘rinishi. Birmuncha vaqt oldin sayt elementlariga interfaollik qo‘shishda JavaScriptning o‘zidan foydalanish dasturchi uchun nisbatan qiyin bo‘lgan, ba’zi vazifalarni bajarishning imkoni bo‘lmagan. O‘sha vaqtda jQuery kutubxonasi tuzilgan bo‘lib, u yordamida dasturchi JavaScript tilida mavjud bo‘lmagan imkoniyatlardan qulay yo‘l bilan foydalana olgan. Hozirgi kunda JavaScriptda jQuery kutubxonasi kiritgan yangiliklar tatbiq qilingan bo‘lsada, dasturchilar jQueryni ishlatishni tashlab qo‘yishgani yo‘q. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra JavaScript 2017 yilning eng ommalashgan dasturlash tili deb tan olindi.

Less va Sass

Less va Sass oldindan ishlov beruvchi freymvorklari CSS asosida yaratilgan bo‘lib, dasturchilar uchun CSS bilan ishlashda anchagina qulayliklar va qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Uning yordamida sayt tuzishga ketadigan vaqtni tejab, nisbatan kamroq kod yozish mumkin bo‘ladi. Hatto, bu ikkisi yordamida sayt stillarini yozishga dasturlash tillari kabi yondashish mumkin.

Bootstrap, Materialize, Foundation va boshqa CSS freymvorklar

Bu freymvorklar dasturchiga deyarli tayyor ko‘rinishdagi sayt elementlarini taklif qiladi. Ular yordamida odatda ko‘p ishlatiladigan elementlarni bir necha daqiqalar ichida tuzish mumkin. Ularning har biri o‘ziga xos stildagi elementlarga ega. Material va yassi stillar ham shular jumlasidandir. Hatto saytni qog‘ozda qo‘lga chizilgandek ko‘rinishga keltiradigan freymvork ham bor - http://www.getpapercss.com.

AngularJS, ReactJS va VueJS

AngularJS, ReactJS va VueJS JavaScript dasturlash tiliga asoslangan bo‘lib, ular yordamida veb saytlarni yanada takomillashtirish, qo‘shimcha imkoniyatlar qo‘shish va bu o‘zgartirishlarni dasturchi o‘ylagandan ham oson usulda amalga oshirish mumkin. Agar siz HTML, CSS, Bootstrap va JavaScriptni biladigan frontend dasturchi bo‘lsangiz, bugungi kunda yurtimizda oyiga o‘rtacha 100$ dan 300$ gacha daromad topishingiz mumkin. Bordiyu siz yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari AngularJS, ReactJS va VueJS texnologiyalaridan birini bilsangiz, sizning o‘rtacha oylik daromadingiz 400$ dan 600$ gacha bo‘lishi mumkin. Bu daromad albatta nisbiy olingan. Veb dasturchilarning daromadi odatda ularning bilim darajasi va tajribasi bilan belgilanadi.

Frontend developer egallashi kerak bo‘lgan qo‘shimcha bilimlar va ko‘nikmalar:

  1. Veb dizayn va mobil dizayn. Frontend dasturchi veb va mobil dizayn bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lishi va dizaynning mazmunini tushunishi lozim. Bu ularga saytni chiroyli hamda qulay ko‘rinishga keltirishda qo‘l keladi.
  2. Adobe Photoshop yoki Sketchda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. Frontend dasturchi rasm ko‘rinishidagi sayt dizaynini kodga o‘tkazadi. Shu ish mobaynida grafik tahrirlash dasturlari bilan ishlash saytning rasm ko‘rinishidan kerakli elementlari ishlatish uchun ajratib olish uchun zarur.
  3. Git texnologiyasini bilishi va unda ishlay olishi lozim.
  4. Veb dasturlashning yana bir asosiy qismi bekend sohasi ishlash prinsipini bilishi lozim.
  5. Frontend dasturchi ma’lumotlar bazasidan kelayotgan ma’lumotlar bilan ishlay olishi lozim.
  6. Frontend dasturchi veb dasturlarni test qilish texnologiyasi bilan tanish bo‘lishi va bilishi lozim.
  7. Eng muhim ko‘nikmalardan biri o‘z ustida doimiy ishlash va boshqalarning xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarishdir.

Ushbu maqolamizdan frontend texnologiyasi haqida umumiy ma’lumot oldingiz va sizda veb sayt yaratilishi bo‘yicha ilk tasavvurlar shakllandi, deb o‘ylayman. Agar sizda frontend dasturlashga qiziqish paydo bo‘lgan bo‘lsa va o‘rganishni istasangiz, men sizga Personal Development Process o‘quv markazini tavsiya qilgan bo‘lar edim.

Personal Development Process o‘quv markazi sizga nima bera oladi?

Personal Development Process o‘quv markazida o‘z sohasining mutaxassislari ko‘p yillik katta tajribalarini siz bilan ulashishga tayyor. Bu o‘quv kursida siz frontend developmentning quyidagi texnologiyalarini modulli asosda o‘rganishingiz mumkin:

Modul 1:

1.1. HTML va CSS asoslari.

Modul 2:

2.1. HTML5 va CSS3 yangi texnologiyalar.

2.2. Less va Sass CSS texnologiyalari.

2.3. Bootstrap va Materialize CSS freymvorklari.

Modul 3:

3.1. JavaScript dasturlash tili.

3.2. jQuery kutubxonasi va uning elementlari.

3.3. jQuery plaginlari.

Ko‘rib turganingizdek Personal Development Process o‘quv markazida sizni qiziqtirgan Frontend texnologiyalarining barchasini o‘rganishingiz mumkin. Frontend dasturlashni o‘rganing va shaxsiy sahifangizdan tortib yirik veb portallar, loyihalarni yarating.

G‘oyalaringiz g‘oyaligicha qolib ketmasin, uni amalga oshiring!

Qayerga murojaat etish mumkin?

Personal Development Process o‘quv markazi Toshkent sh. Mirobod tum. Afrosiyob ko‘ch. 4-uy. «Grand Trade» Bussiness center

Personal Development Process o‘quv markazi

Mo‘ljal: Kosmonavtlar metrosi. Turkmaniston elchixonasi to‘g‘risida.

Shuningdek, qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagilardan foydalangan holda bilib olishingiz mumkin.

Sayt: http://pdp.uz/

Telefon: + 99897 447 47 41

Telegram: @PdpUzAdmin

Telegram kanal: @PdpUzAcademy

Pochta: [email protected]

Facebook: fb.me/pdp.uz

Reklama huquqi asosida

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring