Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Galaxy A40 kutilganidan arzon narxda sotuvga chiqadi

Galaxy A40 kutilganidan arzon narxda sotuvga chiqadi

Foto: «iTech Hacks»

«Samsung» yaqindagina «beli baquvvat» Galaxy A30 va Galaxy A50 smartfonlarini namoyish qilgan edi. Endi kompaniya nomi va texnik jihatlariga ko‘ra shu ikkalasining oralig‘idagi Galaxy A40 modelini ham taqdimotga tayyorlayapti, deb xabar berdi «Terabayt».

Samsung Galaxy A40 haqida ilk ma’lumotlar chiqqanida, uning qiymati 300-320 yevro bo‘lishi aytilgan edi. Lekin manbalarning yangi xabarlariga ko‘ra, Yevropada bu modelni 250 yevrodan boshlanuvchi narxlarda sotishadi.

Uning 6,4 dyuymlik AMOLED Infinity-U ekrani 2340x1080 piksellik aniqlikda tasvir uzata oladi. Yangi qurilma ham Galaxy A30 modelida qo‘llangan Samsung Exynos 7904 protsessori bazasida ishlaydi. Galaxy A40 tezkor va doimiy xotirasi tegishlicha 4 hamda 64 gigabaytlik hajmda bo‘lishi aytilmoqda. Bosh kamerasi qo‘shaloq bo‘lsa kerak, ammo qanaqa modullardan iborat – bunisi noma’lum.

Galaxy A40 smartfoni Android 9.0 Pie tizim talqini bilan taqdim etiladi, lekin namoyish sanasini sir tutishmoqda. Lekin manbalarga ko‘ra, «Samsung» to shu yilning iyuniga qadar Hindistonda har oyda bittadan Galaxy A turkumidagi yangi modelini taqdim qiladi. Shunga qaraganda, ushbu devaysni mart oyidayoq ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring