Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Huawei P30 Pro» taqdimot kuni aniq bo‘ldi

«Huawei P30 Pro» taqdimot kuni aniq bo‘ldi

Foto: «TechRadar»

Xitoylik ishlab chiqaruvchi yangi turkum smartfonlarini taqdim etish arafasida — bu safar uning kameralari asosiy e’tiborda bo‘ladi.

«Huawei P30» turkumi Parij shahrida 26-mart kuni taqdim etiladi. Bu haqda kompaniya «Twitter»dagi sahifasida ma’lum qildi.

Shu kuni «P30» hamda «P30 Pro» flagmanlari taqdim etilishi aniq. Ularning «cho‘ntakbop» talqinlari chiqadimi-yo‘qmi — hozircha noma’lum.

Yangi avlod telefonlarida fotoimkoniyatlarga katta urg‘u berilmoqda. Gap-so‘zlarga qaraganda, «P30 Pro» to‘rt asosiy kamera va o‘n karrali zumga ega bo‘ladi. Ta’kidlash kerakki, «P20 Pro» tungi fotosuratlari sifati bilan foydalanuvchilarga yoqqandi.

«Samsung Galaxy S10»ning asosiy raqiblaridan biri aynan «P30 Pro» bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring