Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Inha talabalari Andijondagi «Xavfsiz shahar» loyihasida ishtirok etishdi

Inha talabalari Andijondagi «Xavfsiz shahar» loyihasida ishtirok etishdi

Foto: «Inha.uz»

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) talabalari Andijon viloyatida «Xavfsiz shahar» loyihasini amalga oshirishda ishtirok etdilar, deb xabar berdi universitet matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-avgustdagi farmoniga asosan mamlakatda «Xavfsiz shahar» loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Andijondagi mazkur loyihaning amalga oshirilishida Toshkent shahridagi Inha universitetining bir guruh talabalari ishtirok etishdi.

IUT talabalari tomonidan tashkil topgan «Fizmasoft» jamoasi ABL-Soft&SS hamda Smart-Base kompaniyalari bilan birgalikda yo‘l-harakati qoidalarining buzilishi va avtomobillarning raqamini aniqlash imkonini beradigan video fiksatsiya tizimini yaratishdi.

Loyiha doirasida Andijon shahrining yettita chorrahada kameralar o‘rnatildi. Hozirda tizim to‘rtta yo‘l harakati qoidalarining buzilishini aniqlay oladi.

Mazkur loyihada A’zamjon Rahimjonov, Sherzodbek Tojimahammatov, Elbek Hoshimjonov, Normurod Mamasoliyev, Dostonbek Oripjonov, Muxammadsher Shermamatov, Jasurbek Abdiroziqov, Muslim Xoljurayev va IUTning boshqa talabalari qatnashishdi.

IUT talabalari Samarqand viloyati va Qoraqalpog‘istonda amalga oshiriladigan loyihaning keyingi bosqichlarida ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring