Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Instagram» foydalanuvchi arxivini bir urinishda ko‘chirib olish funksiyasini ishga tushirdi

«Instagram» foydalanuvchi arxivini bir urinishda ko‘chirib olish funksiyasini ishga tushirdi

Foto: «NV.ua»

«Instagram» servisi foydalanuvchi tomonidan saytga ilgari yuklangan barcha kontentni ko‘chirib olishga yordam beradigan «Ma’lumotlarni yuklab olish» funksiyasini ishga tushirmoqda, deb xabar berdi «NV.ua».

«Facebook»dagi «Sizning ma’lumotingizni ko‘chirib olish» fuksiyasining ekvivalenti Yevropa Ittifoqining yangi qoidalariga ko‘ra, «Instagram»da ham joriy etildi.

«Data Download» funksiyasidan saytning servisi orqali foydalanish mumkin. Ma’lumotlarni olish uchun so‘rov formasiga elektron pochta manzilini kiritish lozim. Bunga javoban foydalanuvchi o‘z akkauntidagi barcha kontent joylashgan fayl havolasi keladi. So‘rovni qayta ishlash uchun 48 soat sarflanadi.

«Instagram» matbuot xizmatining ta’kidlashicha, «ayni vaqtda ma’lumotlarni ko‘chirib olish funksiyasidan barcha internet foydalanuvchi foydalanishi mumkin».

Servis profildan suratlarni, videoyozuvlarni, arxivdagi tarixni (2017-yilning dekabridan boshlab), obunachilar ismini, kimga obuna bo‘lganligi, shaxsiy yozishmalar, izohlar «layk»lar, qidiruvlar poiski va boshqa ma’lumotlarni ko‘chirib olish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring