Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Internet oddiy foydalanuvchi uchun arzonroq bo‘ladimi?

Internet oddiy foydalanuvchi uchun arzonroq bo‘ladimi?

Foto: «Spot.uz»

«O‘zbektelekom» AK 2018-yil 10-iyuldan Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operator va provayderlarga internet-kanal tariflarini 1 Mbit/s uchun 244 958 so‘mdan 176 682 so‘mga pasaytirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, shuningdek, Transport magistralini ekspluatatsiya qilish markazi orqali ulangan O‘zbekiston Respublikasi operator va provayderlariga ham, sig‘im va hududidan qat’i nazar, internet kanal uchun narxlar pasaytirilib, yagona tarif belgilandi.

Avvalroq, tariflar 1 Mbit/s uchun, ulanish hududi va kanal sig‘imidan kelib chiqqan holda, 410 000 so‘mdan 309 550 so‘mgacha narxlanar edi. 12-iyuldan boshlab hududi va sig‘imidan qat’i nazar 1 Mbit/s uchun tarif narxi 265 000 so‘mni tashkil qilmoqda.

Mintaqaviy internet-xizmatlar bozorini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu qadam tashlangan.

Foydalanuvchilarni qiziqtiradigan asosiy savol bor: «Internet oxirgi iste’molchi uchun arzonroq bo‘ladimi?».

«Bahs va munozaralarning oldini olib shuni aytib o‘tish kerakki, iste’molchilar uchun internetning oxirgi narxiga ta’sir qiluvchi qator omillar mavjud. Har bir provayder taqdim etuvchi xizmatlarining narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi», deyiladi «O‘zbektelekom» AK izohida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring