Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktabgacha ta’lim muassasasidagi farzandingizni internet orqali kuzatib turish imkoniga ega bo‘lasiz

Maktabgacha ta’lim muassasasidagi farzandingizni internet orqali kuzatib turish imkoniga ega bo‘lasiz

Foto: «Uza.uz»

Maktabgacha ta’lim muassasalarini o‘yinlar, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash me’yorlari Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, deb xabar berdi «Huquqiy axborot» kanali.

Me’yorlarga maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning jismonan sog‘lom, aqliy va intellektual rivojlanishlari uchun lozim bo‘lgan jihozlar, o‘yinlar va o‘yinchoqlar va hokazolar kiritilgan.

Xususan, endilikda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni jismonan sog‘lom rivojlanishi uchun chiniqtirish va yassi oyoqlikni oldini olish uchun yo‘lakchalar, relaksatsion kreslolar, havo tozalagichlar (retsirkulyator), sterilizatorlar, aqliy rivojlanishi uchun «Bank», «Pochta», «Ferma», «Avtomobil turargoxi» va boshqa o‘yin markazlari, intellektual rivojlanish uchun ko‘p funksiyali sahnalar, «Tasviriy faoliyat» burchaklari bo‘lishi lozim.

Shuningdek, har bir maktabgacha ta’lim muassasasi hududi o‘yin maydonchalari internet orqali kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan video kuzatuv texnikasi bilan jihozlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring