Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi

Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi

Foto: TASS

Nufuzli Nature Microbiology ilmiy jurnali Daniya texnika universiteti professori Mohir Hoshim rahbarligida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Unda aytilishicha, istalgan qon guruhini universal (birinchi) guruhga aylantirish mumkin.

Biologlar tajribalar davomida inson mikroflorasida mavjud bo‘lgan Akkermansia muciniphila turiga mansub bakteriyalar ishlab chiqaradigan modda istalgan qon guruhini birinchi qon guruhiga aylantira olishini aniqlashdi.

Ma’lumki, birinchi qon guruhi universal bo‘lib, boshqa istalgan qon guruhidagi odamga uni quyish mumkin.

Mutaxassislar inson organizmida aniqlangan bu xususiyat shifokorlarning ishini ancha yengillashtirishini, bemorning «noto‘g‘ri» qon olish ehtimolini pasaytirishini ta’kidlashmoqda. Qolaversa, qon quyish markazlarida logistika faoliyatini ham yaxshilaydi. Boshqa guruhlardagi qonni birinchi guruhga aylantirish jarayoni yarim soatdan oshmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring