Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda ham «Uzdigital TV» xizmatlari yo‘lga qo‘yildi

Jizzaxda ham «Uzdigital TV» xizmatlari yo‘lga qo‘yildi

Foto: «RRTM» DUK matbuot xizmati

«Uzdigital TV» mas’uliyati cheklangan jamiyatining Jizzax shahridagi savdo va xizmat ko‘rsatish ofisi ochilib, o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda «RRTM» DUK matbuot xizmati xabar berdi.

Raqamli TVning tijorat teledasturlari viloyatdagi Jizzax radioteleuzatish markazidan 37 va 42 TVK chastotalarda yopiq formatda uzatilmoqda. Endi viloyat aholisi ushbu teledasturlarni «Uzdigital TV» MChJning hududda ochilgan xizmat ko‘rsatish markaziga tashrif buyurib, xizmatlarga ulangan holda ko‘rishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Uzdigital TV» bugungi kunda «RRTM» DUK bilan hamkorlikda respublikada xizmat ko‘rsatish hududlarini kengaytirish ishlarini olib bormoqda. Hozirda tashkilotning Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarshi, Urganch va Nukus shaharlarida savdo va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislari ochilib faoliyat yuritmoqda.

«Uzdigital TV» savdo ofislarida pullik telekanallarni qabul qilish uchun moslashtirilgan raqamli tyunerlarni sotish, pullik teledasturlar paketlariga ulash, shuningdek, malakali mutaxassislar tomonidan aholiga zaruriy maslahatlar berish va xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring