Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxda «ICTEXPO 2018» mintaqaviy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tyapti

Jizzaxda «ICTEXPO 2018» mintaqaviy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tyapti

Foto: «Infocom.uz»

Jizzaxda bugun, 26-sentyabr kuni «ICTEXPO 2018» mintaqaviy ko‘rgazmasi ochildi. «ICTEXPO 2018» mintaqaviy ko‘rgazmasi 26-27-sentyabr kunlari Jizzax olimpiya rezervlari ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tadi.

Foto: «Infocom.uz»

Ko‘rgazmani Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari G‘anisher Mamatqulov ochib, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, hayotga yangi texnologiyalari izchillik bilan tatbiq etish borasida viloyatda olib borilayotgan ishlarga to‘xtaldi. U «Jizzax viloyati: Innovatsiyalar, Investitsiyalar, Axborotlashtirish» forumi viloyatda ilk marotaba o‘tkazilganini alohida ta’kidladi.

Foto: «Infocom.uz»
Foto: «Infocom.uz»

«ICTEXPO 2018» mintaqaviy ko‘rgazmasi 500 kvadrat metr maydonni band etib, unda Jizzax, Samarqand, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrining 35 ta axborot texnologiyalari kompaniyasi qatnashdi.

Foto: «Infocom.uz»

Mintaqaviy ko‘rgazma quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oldi:

  • Telekommunikatsiyalar;
  • Elektron hukumat;
  • Xavfsiz shahar;
  • Internet texnologiyalari;
  • «Jizzax» EIZ, Jizzax viloyati KSZ;
  • Turli sohalarni axborotlashtirish (tibbiyot, ta’lim va boshqalar).
  • Mobil yechimlar;
  • Kichik biznes uchun IT-yechimlar.

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan «DIGITAL UZBEKISTAN» forumi Jizzax mintaqaviy ko‘rgazmasiga keluvchilar uchun katta ekranda to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring