Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Litva elektron fuqarolik joriy etilayotgan ikkinchi mamlakatga aylandi

Litva elektron fuqarolik joriy etilayotgan ikkinchi mamlakatga aylandi

Litva pasporti.

Foto: «Migration Law Center»

Litva elektron fuqarolik joriy etilgan dunyodagi ikkinchi mamlakatga aylanadi. Bu haqda «Comments.ua» xabar berdi.

Raqamlashtirish xorijlik fuqarolarga Litva fuqaroligini olishda yordam beradi.

«Barcha istovchilar Litva elektron fuqaroligini olishga ariza topshirishlari mumkin. «Elektron fuqaro» maqomi xos ro‘yxatdan o‘tish raqamini olish imkonini beradi. Bu raqam yordamida Litvada kompaniyalarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish, bankda hisob raqami ochish, barcha tegishli soliq va to‘lovlarni uzish, shartnomalarni (shu jumladan, xalqaro shartnomalarni) elektron imzo bilan tasdiqlash hamda Litvadagi boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin», — deyiladi Litva migratsiya xizmati rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotda.

Eslatib o‘tamiz, dunyoda birinchi bo‘lib elektron fuqarolikni yana bir Boltiqbo‘yi mamlakati — Estoniya 2014-yilda joriy etgan. O‘tgan davrda 75 ming nafardan ziyod xorijlik Estoniyaning elektron fuqarosi maqomiga ega bo‘lgan. O‘sha yildan Estoniya xorijliklarga mamlakatda 3 oygacha yashash va ishlash imkonini beruvchi vizalar taqdim etishni ham boshlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring