Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy pochta operatoriga bank va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish huquqi berilishi mumkin

Milliy pochta operatoriga bank va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish huquqi berilishi mumkin

Foto: «pochta.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining asosiy vazifalari va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.

Hujjatga ko‘ra, vazirlik, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi ikki oy muddatda «O‘zbekiston pochtasi» AJ pochta aloqasi milliy operatoriga agent sifatida bank va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, shu jumladan to‘lovlarni qabul qilish va o‘tkazish, bank kartalariga xizmat ko‘rsatish, aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish, ixtiyoriy va majburiy sug‘urta qilish xizmatlari va autsorsing shartlarida boshqa xizmatlarni ko‘rsatish huquqlarini taqdim etish masalasini o‘rgansin hamda ushbu bandni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilgan.

Vazirlik Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda «O‘zbekiston pochtasi» AJni, shu jumladan chet el maslahatchilarini jalb qilgan va ilg‘or xalqaro tajribani o‘rgangan holda isloh qilish; pochta aloqasi operatorlari va kurerlarining tarmog‘ini rivojlantirish, xorijda xalqaro pochta jo‘natmalarining almashinuv punktlarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish belgilandi.

Shuningdek, farmonga binoan «Matbuot tarqatuvchi» AKni belgilangan tartibda «O‘zbekiston pochtasi» AJga qo‘shish masalasini «Matbuot tarqatuvchi» AK va «O‘zbekiston pochtasi» AJ aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlarida qo‘yish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanishi qayd etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring