Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ming dollarlik «iPhone X Plus» bozorga salbiy ta’sir qilishi mumkin

Ming dollarlik «iPhone X Plus» bozorga salbiy ta’sir qilishi mumkin

Foto: «Apple.com»

«CCS Insight» kompaniyasi mutaxassislari 2018-yil kuz faslida sotuvga chiqadigan «iPhone X Plus», agarda qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketsa, dunyo smartfonlar bozoridagi narx-navoga salbiy ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblashmoqda.

«iPhone X» tajribasidan ko‘rib turibmizki, xaridorlar eng nufuzli va texnik mukammal smartfonni qo‘lga kiritib o‘z mavqeini «mustahkamlash» uchun 1000 dollardan voz kechishga shay.

— Kompaniya «iPhone X» uchun 1000 dollar narx qo‘yib butun sohaga «himmat» ko‘rsatdi. Yangi narxning shakllantirilishi boshqa ishlab chiqaruvchilarning qo‘lini bog‘lab qo‘ygani uchun ular ham o‘z qurilmalari narxini sun’iy ravishda oshirishni boshlashdi, — deydi «CCS Insight» tahlilchisi Ben Vud.

«Apple» kompaniyasi smartfonning qimmatlashuviga xarajatlar oshgani, xususan, qurilmaning sifati yaxshilangani, qimmat butlovchi qismlar o‘rnatilganini vaj qilyapti. Biroq ekspertlarning fikricha, bu shunchaki cho‘pchak, agar qurilma narxi butlovchi qismlar tannarxiga mos ravishda o‘sganida bunchalik katta sakrash bo‘lmasdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring