Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mobiuz 1 iyun munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazdi (video)

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida Mobiuz kompaniyasi xodimlarining farzandlari uchun an’anaviy timbilding tadbiri o‘tkazildi.

Bu yil tadbirda 10-13 yoshli bolalar ishtirok etishdi. Bayram tadbiri doirasida ular turli bo‘linmalar faoliyati bilan tanishib, o‘zlarini koll-markaz va savdo ofisi operatori sifatida sinab ko‘rishdi, server xonalarida bo‘lishdi, tarmoq sifati monitoringi qanday amalga oshirilishini ko‘rishdi.

Bolajonlar uchun jamoaviy o‘yinlari o‘tkazildi va ko‘ngilochar dastur tashkil etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring