Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jarimalarni tekshirish va boshqa imkoniyatlar — MyGov mobil ilovasi yangilandi

Jarimalarni tekshirish va boshqa imkoniyatlar — MyGov mobil ilovasi yangilandi

Yagona portal jamoasi MyGov  mobil ilovasining yangilangan 3.2.81 talqinini taqdim etdi.

Qayd etilishicha, unga ko‘p qulayliklar kiritilgan.

Jumladan:

  • 3800 dan ortiq xizmatlarga onlayn to‘lov: endi siz yanada ko‘proq davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni uyingizdan chiqmasdan turib amalga oshirolasiz.
  • Takomillashgan «Avtotransport» bo‘limi: jarimalar uchun to‘lovni amalga oshirish hamda oynalarni qoraytirish, sug‘urta va texnik ko‘rik ma’lumotlari va muddatlari bilan tanishish imkoniyati yaratildi.
  • «deeplink» funksiyasi qo‘shildi: ilovadan izlamay, SMS habarnomada yuborilgan havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmatlar uchun to‘lov qilasiz.

Shuningdek:

  • Asosiy sahifadagi «Vidjet» oynasi takomillashtirildi: eng kerakli funksiyalarga tezkor kirish imkoniyati yaratildi.
  • «Mening hujjatlarim» bo‘limi shakllantirildi: elektron hujjatlaringizni bir joyda saqlash va boshqarish mumkin bo‘ldi.

Ilova dizayni ustida qayta ishlanib, matnlardagi xatolar va kamchiliklar bartaraf etildi.

MyGov mobil ilovasini quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin: android / iOS.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring