Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

My.gov.uzda talabgorligi yuqori bo‘lgan 60 ta xizmat joriy etiladi

My.gov.uzda talabgorligi yuqori bo‘lgan 60 ta xizmat joriy etiladi

Bugun, 9-yanvar kuni AOKAda IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2020-yilda amalga oshirilgan ishlarning tanqidiy-tahliliy natijalari hamda 2021-yilgi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tgani haqida xabar qilgandik.

Brifingda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov 2021-yilda soha tomonidan amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar haqida ham to‘xtaldi.

«Bu borada asosiy e’tiborimiz sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni tizimli ravishda davom ettirish, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumatni raqamli infratuzilmani rivojlantirish va kadrlar tayyorlashga yo‘naltiriladi», – qayd etdi vazir.

Jumladan:

  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va uning mobil ilovasi takomillashtiriladi;
  • davlat organlari faoliyati ochiqligi va fuqarolar bilan o‘zaro hamkorligi shaffofligini oshirish choralari ko‘riladi;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida talabgorligi yuqori bo‘lgan 60 ta xizmat joriy etiladi;
  • mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida «E-qaror» elektron tizimini joriy etiladi.
  • ochiq ma’lumotlar portalining infratuzilmasi va platformasi modernizatsiya qilinadi, imkoniyatlari yanada kengaytiriladi;
  • Barcha oliy ta’lim muassasalarida boshlang‘ich loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha inkubatsiya markazlari tashkil etiladi;
  • 50 ming kmga teng optik tolali aloqa liniyalari quriladi. Bunda asosiy e’tiborimiz olis qishloq aholi maskanlari va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlariga qaratiladi;
  • barcha ijtimoiy ob’yektlar mutasaddi vazirliklar bilan hamkorlikda Internet tarmog‘iga ulash ishlari to‘liq yakuniga yetkaziladi;
  • mobil aloqa operatorlari tomonidan qo‘shimcha 2 mingta baza stansiyasi o‘rnatiladi;
  • hududlarda IT tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish joylarini yaratish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan birgalikda Nukus, Urganch, Namangan, Qarshi, Termiz va Toshkent shaharlarida ham IT Park filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
  • shuningdek, yil oxiriga qadar respublikaning barcha tuman va shaharlaridan 100 dan ziyod Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi foydalanishga topshiriladi;
  • IT ta’limni yanada rivojlantirish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Toshkent viloyati filiali va hududlarda axborot texnologiyalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Qolaversa, respublikadagi mavjud 82 ta umumta’lim maktabi negizida bosqichma-bosqich “AyTi”ga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Pochta aloqasi tarmog‘idan foydalangan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi, qolaversa Umumjahon pochta ittifoqining Pochta rivojlanishi indeksi global reytingida mamlakatimizni birinchi 50 talikka kiritish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring