Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Open Data Challenge» tanlovida qanday loyihalar bilan ishtirok etish mumkin?

«Open Data Challenge» tanlovida qanday loyihalar bilan ishtirok etish mumkin?

O‘zbekistonda an’anaviy «Open Data Challenge» tanlovi e’lon qilingani haqida xabar bergan edik.

Tanlov tashkilotchilari har bir nominatsiya bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni keltirib o‘tishdi.

Birinchi nominatsiya «Aqlli shahar» uchun ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat). Ochiq shahar ma’lumotlariga asoslangan holda axborot va innovatsion texnologiyalardan foydalanib, fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash, shaharning biror muammosini muammolarini hal qilishga qaratilgan yechim (ilovalar yoki qurilmalar) yaratish. Nominatsiya doirasida loyihaning «aqlli shahar» konsepsiyasiga muvofiqligi baholanadi. Ushbu konsepsiya hayotiy faoliyat tizimlaridan tejamkor va ekologik jihatdan to‘g‘ri foydalanishni ko‘zda tutuvchi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash yordamida shaharda zamonaviy hayot darajasini ta’minlashdan iborat.

Ikkinchi nominatsiya – Ochiq ma’lumotlarga asoslangan eng yaxshi biznes loyiha (mobil yoki veb ilovalar, xizmat). Davlat va xususiy kompaniya ochiq ma’lumotlaridan foydalanib, qo‘shimcha qiymat va tijoratlashtirish istiqbollarini yaratishga yo‘naltirilgan yechim (dastur yoki qurilma) ishlab chiqish. Boshqa so‘z bilan aytganda, loyiha tijorat qiymatiga (daromad keltirish qobiliyati) ega ochiq ma’lumotlarga asoslangan yechim taklif qilishi lozim. Masalan: https://www.zillow.com/ — ko‘chmas mulkni izlash xizmati, Weather Channel (https://weather.com/) — ob-havo xizmati va h.k.

Uchinchi nominatsiya – Ochiq ma’lumotlarni generatsiyalash (transformatsiyalash) bo‘yicha eng yaxshi loyiha (mobil yoki veb ilova, xizmat). Odamlar yoki boshqa tizimlar tomonidan keyinchalik foydalanilishi uchun ma’lumotlarni yaratish (generatsiyalash) yoki ularni qayta ishlash (transformatsiyalash)ga imkon beruvchi  yechimlarini (dastur yoki qurilmani) ishlab chiqish. Bunday yechimning namunasi – bu Waze mobil navigatori bo‘lib, u real vaqt rejimida yo‘ldagi tirbandliklar, yo‘l to‘siqlari, radarlar, inspektorlar va haydovchilar uchun muhim bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni yangilab turadi. Ushbu navigator ma’lumotlari ilova foydalanuvchilari – mashina haydovchilari tomonidan kiritiladi. Namlik, chang, kimyoviy elementlar va boshqa datchiklarga ega bo‘lgan, atrof-muhit havosining sifati haqida ma’lumotlarni generatsiya qiladigan apparat majmuasi qurilmaning namunasi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish lozim: https://data.gov.uz/ru/challenge/register. Shunindek, Facebook tarmog‘idagi https://www.facebook.com/OpenDataChallenge/ sahifasida ham kerakli ma’lumotlar taqdim etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring