Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent arxitektura-qurilish institutida birinchi talabalar kovorking-markazi tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish institutida birinchi talabalar kovorking-markazi tashkil etildi

«Yoshlar kelajagimiz» davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining moliyaviy ko‘magida Toshkent arxitektura-qurilish institutida talabalar kovorking markazi tashkil etildi. Bu respublika OTMlari orasida birinchi kovorking markazi hisoblanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Kovorking markazida talabalar qiziqarli arxitektura loyihalar ustida ishlashlari, mustaqil yoki guruh bilan ishlagan holda tajriba almashish va o‘z g‘oyalarini rivojlantirishi, jamoat ishlari bilan shug‘ullanishlari mumkin.

E’tiborlisi, kovorking markazining dizayn loyihasidan tortib, to xonaning ichki bezagigacha bo‘lgan ishlarni institut talabalari o‘z ustozlari bilan birgalikda  amalga oshirishgan.

Markaz har xil shaklga ega bo‘ladigan (transformer) mebel, taqdimot uskunalari, markerli taxta (doska)lar bilan jihozlangan hamda arxitektorlar uchun barcha zamonaviy dasturlar o‘rnatilgan ikkita alohida kompyuter xonalari mavjud.

Kelgusida bu kabi markazlar boshqa OTMlarda ham tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring