Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston-Hindiston ishchi guruhi Toshkentda uchrashdi

O‘zbekiston-Hindiston ishchi guruhi Toshkentda uchrashdi

Foto: «Infocom.uz»

Toshkentdagi Aloqa tarixi muzeyida 17-avgust kuni Axborot texnologiyalari bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston hamkorlikdagi ishchi guruhining ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov hindistonlik hamkorlarga mamlakatimizda davlat va xususiy sektor faoliyatiga axborot-kommunikatsiyalari tatbiq etishning hozirgi holati haqida so‘zlab berdi.

Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini saqlashga ko‘maklashish markazi direktorining o‘rinbosari Rustam Yunusov hamkorlarni markaz va uning kompyuter hodisalariga chora ko‘rish xizmati — «UzCERT» faoliyati bilan tanishtirdi.

Rustam Yunusovning ta’kidlashicha, kibertahdidlarning transchegaraviy xususiyati bugun mamlakatlarning shu sohaga mas’ul tashkilotlari oldiga xalqaro hamkorlikka katta e’tibor qaratish talabini qo‘ymoqda. Ikki tomonlama hamkorlik kibertahdidlarga qarshi to‘laqonli kurashishda muhim omil sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring