Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi tashkil etilmoqda

O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi tashkil etilmoqda

Foto: MITC

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bir makon, bir yo‘l» II Xalqaro forumiga ishtirok etish maqsadida joriy yil aprel oyida XXRga tashrifi davomida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuvlar doirasida 2019 yilning 17-21 iyun kunlari «China South Industries Group Corporation», «CITIC Group» va «Costar Group» kompaniyalari delegatsiyasining respublikamizga tashrifi amalga oshirildi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, 20 iyun kuni «Xavfsiz shahar» kompleksini tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «Xavfsiz shahar» jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi hamda «CITIC Group» va «Costar Group» kompaniyalari o‘rtasida o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha ta’sis shartnomasi imzolandi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov qo‘shma korxonani tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasini imzolash marosimida ishtirok etdi.

O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasining asosiy faoliyati Toshkent shahrida 300 million AQSh dollari hajmidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilingani hamda «Huawei» kompaniyasining ilg‘or texnologiyalari va innovatsion yechimlaridan foydalangan holda, «Xavfsiz shahar» kompleksini qurish va unga xizmat ko‘rsatishni amalga oshirishdan iborat.

Xorijiy delegatsiya tashrifi doirasida Toshkent shahrida tegishli vazirlik va idoralar bilan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ulardan ko‘zlangan maqsad axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikning kelgusidagi istiqbollarini belgilab olishdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring