Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda masjidlarni topishga yordam beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

O‘zbekistonda masjidlarni topishga yordam beruvchi mobil ilova ishga tushirildi

Foto: Muslim Mirzajonov

Android dasturida ishlovchi mobil qurilmalar uchun O‘zbekistondagi masjidlarni topishga yordam beruvchi «Masjid Finder Uzbekistan» mobil ilovasi ishga tushdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ilovaga hozircha Toshkent shahri va viloyati, Buxoro va Samarqand viloyatlarining 721 ta masjidining geolokatsiya ma’lumotlari kiritilgan.

Ushbu dastur hozircha tajriba shaklida ishga tushirilgan bo‘lib, rejaga ko‘ra yaqin kunlarda boshqa hududlardagi masjidlar va qo‘shimcha xizmatlar bilan boyitilishi ko‘zda tutilgan. Jumladan: masjidlar sharoiti, ulardagi tahoratxonalarning holatini belgilash uchun reyting funksiyasi va shu kabi xizmatlar dastur ilovasidan joy oladi.

Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda mahalliy hokimliklar hamkorligida ishlab chiqilgan.

Skrinshot

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring