Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi zamonaviy tizimlar joriy qilinadi

O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi zamonaviy tizimlar joriy qilinadi

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida «ATLAS International AG» hamda «Jenoptik Robot GmbH» kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Foto: «Mitc.uz»

Uchrashuvda yurtimizda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi zamonaviy tizimlarni joriy qilishga yo‘naltiriluvchi investitsion loyihani amalga oshirish muhokama qilindi.

Jumladan, «ATLAS International AG» kompaniyasi vakili Artur Konrad O‘zbekiston tomonini xalqaro standartlar asosida yo‘l harakati qoidalarini avtomatik qayd etuvchi foto hamda videoaniqlash tizimlarini ishlab chiqarish va tatbiq etish bo‘yicha ma’lumot berdi.

Xususan, kompaniyalar mutaxassislari «Xavfsiz shahar» dasturiy kompleksi doirasida ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi axborot tizimlarini yaratishga sarmoya kiritishga roziligini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring