Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom» AK aksiyasi: xonadonlar bir kundayoq yuqori tezlikdagi internetga ulandi (video)

«O‘zbektelekom» AK aksiyasi: xonadonlar bir kundayoq yuqori tezlikdagi internetga ulandi (video)

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbektelekom» AK «TShTT» filiali tashabbusi bilan yangi aksiyaga qo‘l urilgani haqida avval ham xabar bergandik. Ushbu aksiya doirasida sayyor guruh tuzilib, bir mahalla xonadonlari telefoniya, IPTV va yuqori tezlikdagi internet xizmatlariga bir kun ichida ulanishi ta’minlanadi.

Xuddi shunday tadbir Toshkent shahri, Yashnobod tumani Olmos mahallasidan ham o‘tkazildi. Tadbir tafsilotlari bilan quyidagi videoda tanishishingiz mumkin.

— Aksiya doirasida abonentlik qurilmalariga 90-95 foizlik chegirmalar e’lon qilingan, — deydi «O‘zbektelekom» AK «TShTT» filiali Yashnobod TB boshlig‘i Ziyovuddin Saidazimov. — Olmos mahallasi aholisi bu aksiyadan mamnun, ko‘rib turganingizdek, internet xizmatlariga ulanish istagidagi talabgorlar juda ko‘p. Ushbu mahalladagi yangi ko‘p qavatli uylarga optik tolali kabellar o‘tkazilgan va bu mijozlarimizga 10 MBdan yuqori tezlikdagi internetni taqdim etish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, odatda salkam 10 kun davomida amalga oshiriladigan jarayon aksiya doirasida bir kunda bajarilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring