Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom» shaharlararo qo‘ng‘iroqlar narxini keskin pasaytirdi

«O‘zbektelekom» shaharlararo qo‘ng‘iroqlar narxini keskin pasaytirdi

Foto: uztelecom.uz

«O‘zbektelekom» AK shaharlararo aloqa uchun yagona tariflash tizimi yo‘lga qo‘yilganligini e’lon qildi.

Milliy operator tomonidan barcha mahalliy telefon aloqa abonentlariga shaharlararo qo‘ng‘iroqlar uchun yagona tarif rejasi o‘rnatildi (misol uchun, endilikda Toshkent shahri ichidagi qo‘ng‘iroqlar ham, yoki viloyatlarga qilingan shaharlararo qo‘ng‘iroqlar ham bir xil narxlanadi).

Endi butun O‘zbekiston bo‘ylab oylik limit 180 daqiqadan oshganda, masofadan qat’i nazar, har bir to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan 1 daqiqa so‘zlashuv uchun 12 so‘mni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvallari shaharlararo qo‘ng‘iroqlar alohida tariflanar va shaharlar orasidagi masofaga qarab 40 so‘mdan 90 so‘mgacha narxlanar edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring