Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zMobayl» Navoiy aeroporti hududini 3G/4G aloqasi bilan ta’minladi

«O‘zMobayl» Navoiy aeroporti hududini 3G/4G aloqasi bilan ta’minladi

Foto: «Mitc.uz»

Xalqaro aeroportlarda sayohatchilarni birinchi navbatda, ishonchli aloqa va yuqori tezlikdagi internet qiziqtirmoqda. «O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» filiali tomonidan «Navoiy» xalqaro aeroportida 3G/4G texnologiyasidan foydalangan holda baza stansiyalarni o‘rnatish va sozlash ishlari yakunlandi. Bu haqda AKT vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xalqaro aeroportning terminali hududida yo‘lovchilar, xodimlar va kutib oluvchilar sifatli aloqa va yuqori tezlikdagi internetdan foydalanishlari uchun Qcell (Lamp Site) texnologiyasi bo‘yicha qo‘shimcha maxsus qurilmalar o‘rnatildi.

Bu vaqtgacha mazkur aeroport hududida UZMOBILE GSM tarmog‘ining bunday sifatli qoplamasi mavjud emas edi.

«O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» filiali mazkur haftada, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (Qo‘ng‘irot tumani, Ravshan hududida) va Toshkent viloyati (O‘rtachirchiq tumani, Qorasuv shaharchasi)da baza stansiyalari o‘rnatdi.

Antenna-machta inshootlari va zamonaviy yangi qurilmalarning ishga tushirilishi bilan hududda aloqa sifati va qoplash zonasi yaxshilanadi hamda barcha standartlarga muvofiqlashtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring