Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat Mahmudov

Hech qachon o‘qib-o‘rganish uchun kech bo‘ldi demang!

Qiziqarli maqola uchratdingiz, lekin uni o‘qishga vaqt yo‘qmi? iPhone va Android uchun buning yechimi bor

Qiziqarli maqola uchratdingiz, lekin uni o‘qishga vaqt yo‘qmi? iPhone va Android uchun buning yechimi bor

Foto: «IT-specialist»

«Ertaga, ertaga, bugun emas! Ishyoqmaslar buni ko‘p ta’kidlashadi!» Ushbu ifoda, albatta, barcha muhim masalalarni keyinga qoldirishni afzal ko‘ruvchi insonlar uchun juda mos keladi, ammo bizning holatimizda bu ifoda ish bermasligi aniq.

Har kimda ham o‘z ish kuni davomida uzoq vaqt talab etuvchi maqolalar va materiallarni o‘qishga imkoniyati bo‘lmaganligi uchun, keyinchalik kechki payt o‘qish uchun qiziqarli ma’lumotlarni o‘zi uchun belgilab qo‘yishi qulay hisoblanadi. «Idea Shower» dasturchilari iOS va Android uchun maxsus ilova yaratdilar, u tufayli siz hech qaysi muhim xabarni o‘tkazib yubormaysiz.

Buning uchun sizga Pocket ilovasi yordam beradi.

1) Pocket ilovasida ro‘yxatdan o‘tamiz.

2) «Podelitsya» tugmasiga bosing.

3) Pastki qatordagi rangli belgilarni suring va «Bolshe» bandiga bosing.

4) Pocketni yoqing va «Gotovo» tugmasini bosing.

5) Saqlash uchun Pocket belgisi ustiga bosing.

Endi siz Safari, Google Chrome yoki «Podelitsya» menyusiga ega bo‘lgan boshqa har qanday ilovadan materiallarni saqlab qo‘yishingiz va vaqt topganingizda ularga murojaat qilishingiz mumkin.

Android:

Pocket ilovasini «PlayMarket»dan yuklab olish

iPhone:

Pocket ilovasini «iTunes»dan yuklab olish

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring