Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqamli iqtisodiyotni joriy qilishga oid hujjat loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Raqamli iqtisodiyotni joriy qilishga oid hujjat loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Foto: «kolokolrussia.ru»

Mamlakatda raqamli iqtisodiyotni, zamonaviy axborot texnologiyalarini davlat boshqaruvida tatbiq etishni rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash ko‘zda tutilgan hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilindi.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasida O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagi yo‘nalishlar belgilab olingan:

  • davlat va xo‘jalik organlari, mahalliy davlat organlarining joylarda zarur axborot tizimlari va resurslarini, dasturiy ta’minot va elektron xizmatlarning joriy qilinishini muvofiqlashtirishlarini belgilab olish;
  • mamlakatda raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari bozorini, jumladan davlat xususiy sherikchiligi asosida texnopark va kovorking-markazlar faoliyatini tashkil qilish orqali xorijiy sarmoyalarni jalb qilish uchun qulay sharoit yaratish;
  • zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi, aloqa texnologiya va tarmoqlarini rivojalntirish, zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishni joriy qilishni muvofiqlashtirish;
  • davlat boshqaruvida va iqtisodiyot sohalarida elektron xizmatlarni joriy qilish, elektron tijorat va dasturiy ta’minot bozorini rivojlantirish orqali raqamli iqtisodiyotni yuksaltirish;
  • Internetning milliy segmentini, raqamli media-kontentni tashkiliy, moddiy-texnik va iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash orqali rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • shahar va hududiy infratuzilmani boshqarishda foydalanish, xususan turar-joy va kommunal xizmat ko‘rsatish, transport logistikasi, xavfsiz va «aqlli shahar» uchun «aqlli tizim»larni ishlab chiqish;
  • malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

  • ikki oy muddatda davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining holati, jumladan axborot tizimlari va kadrlar bilan ta’minlanganlik holatini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish;
  • 2018-yilga qadar mazkur yo‘nalishni takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Shu bilan birga, 2030-yilga qadar «Raqamli O‘zbekiston» konsepsiyasini ishlab chiqish yuzasidan ham chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan. Qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 31 avgustiga qadar davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring