Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada sud «Telegram»ni bloklash bo‘yicha qaror chiqardi

Rossiyada sud  «Telegram»ni bloklash bo‘yicha qaror chiqardi

Foto:« РИА Новости»

Bugun, 13-aprel kuni Moskvaning Taganskiy tumani sudi «Roskomnadzor»ning «Telegram» messenjeriga to‘siq qo‘yish haqidagi da’vo arizasini qanoatlantirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Roskomnadzor»ga mazkur qarorni darhol amalga oshirishga ruxsat berildi. «Telegram» agar FSBga shifrlash kalitlarini taqdim etsa qayta ochilishi mumkin.

«Telegram» yuristlari sud majlisida qatnashmagan.

Sud majlisi qisqa muddatda bo‘lib o‘tgani aytilmoqda. «Roskomnadzor» va FSB vakillari  «Telegram»ning shifrlash kalitlarini taqdim etmasligi terrorchilar manfaatiga xizmat qilishi mumkinligini aytishgan.

Biroz avval Pavel Durov o‘z advokatlariga mazkur sud majlisida qatnashmaslik haqida topshiriq berganini xabar qilgandik.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring