Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samsung Galaxy S10» — bunaqasi planshet va noutbuklarda ham yo‘q

«Samsung Galaxy S10» — bunaqasi planshet va noutbuklarda ham yo‘q

Foto: «Twitter»

«Samsung» kompaniyasi 2019-yilning fevral oyida «Galaxy S10» flagmanini taqdim etadi. Shunga qaramasdan, qurilmaning ayrim xususiyatlari hozirdanoq ommaga ma’lum bo‘lib ulgurdi. Masalan, qurilmaga o‘rnatiladigan operativ xotira shunchalik kuchli ekanki, bu shu paytgacha ishlab chiqarilgan planshetlar va noutbuklarda ham bo‘lmagan. Bu haqda «Life» «GizmoChina»ga asoslanib xabar berdi.

«Galaxy S10»ga 6,44-dyuymli displey (1440x2960 piksel) o‘rnatiladi. Qurilmada barmoq izlarini identifikatsiyalovchi skaner ultratovushlarda ishlaydi. Akkumulyatori sig‘imi — 4000  mAs.

Ammo bu smartfonning eng asosiy jihati — 12 gigabaytli operativ xotirasi. Hali hech bir planshet, hatto noutbukka bunaqangi kuchli tezkor xotira o‘rnatilmagan. Fayllarni saqlash uchun esa 1 terabaytlik (!) xotira o‘rnatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring