Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samsung Galaxy S23 — sotuvda!

Samsung Galaxy S23 — sotuvda!

Foto: Samsung

Samsung kompaniyasi bugun, 17-fevral sanasidan jahon bozorlarida Galaxy S23 turkumiga kiruvchi smartfonlari sotuvi boshlanganini e’lon qildi.

Kompaniyaning yuqori texnologiyali smartfonlari birinchi bo‘lib Janubiy Koreya, AQSh va yana 53 mamlakat bozorlarida paydo bo‘ldi. Keyinroq bu smartfon sotilayotgan mamlakatlar soni 130 ga yetkaziladi.

1-fevral kuni Samsung San-Fransiskodagi taqdimotda uch model: Galaxy S23, Galaxy S23+ va Galaxy S23 Ultra smartfonlarini tanishtirgandi. Bu smartfonlar Snapdragon 8 Gen 2 platformasida ishlaydi, operativ xotirasi — 8 GB.

Yangilangan Snapdragon 8 Gen 2 protsessoriga ega Galaxy S23 Ultra androidlar tarixidagi eng kuchli smartfonga aylanishga ham ulgurdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring