Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryoda Hindiston bilan hamkorlikda «Biznes akselerator» qurilishi mumkin

Sirdaryoda Hindiston bilan hamkorlikda «Biznes akselerator»  qurilishi mumkin

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi Hindistonning  «The National Small Industries Corporation Ltd» bilan  hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Shu sababli joriy yilning 7-9-fevral kunlari  «The National Small Industries Corporation Ltd» tashkilotining ikki nafar vakili – Andole Balraj Prabxu Raj va Tyagi Sunilni o‘zaro anglashinuv memorandumini imzolash uchun O‘zbekistonga taklif etilgan.

Muzokaralardan maqsad Sirdaryo viloyatida Hindiston tajribasidan kelib chiqqan holda o‘zaro hamkorlik asosida  «Biznes akselerator» tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borishdir. «Biznes akselerator»ni tashkil etish davomida  «The National Small Industries Corporation Ltd» hamda «Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi» hamkorlikda O‘zbekistonning boshqa xududlarida ham bu tajribani tadbiq etish rejalashtirilgan.

Ushbu loyiha yoshlarni ish bilan taminlash, ularni tadbirkorlikka qiziqtirish, kichik biznes va kasanachilikni rivojlantirish hamda ma’lum bir kasb-hunarga yo‘naltirish kabi bir nechta vazifalarni o‘z ichiga oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring